18 Sentabr 2024, 15:40 Oʻzbekiston

Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi

Qidiruvda bo‘lgan Lacetti yo‘l-transport hodisasiga uchragan holda Uchko‘prik tumanidan topildi.

Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi

Farg‘ona viloyatida qidiruvdagi Lacetti avtohalokat oqibatida pachoqlangan holda boshqa hududdan topildi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 4-martdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor S.F.ning boshqaruvida bo‘lgan Lacetti’ni xatlash belgilangan. U bankdan kredit olgan va uni o‘z muddatida qaytarmagan. Shu sababli sud qarori asosida kredit qarzdorligini garov mulkiga qaratish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida mazkur avtotransport vositasiga taqiq o‘rnatilgan. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan manzilga bir necha marotaba borib ko‘zdan kechirilganda avtomashina yo‘qligi aniqlangach, qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasiga ko‘ra, ushbu avtomashina sentyabrda Uchko‘prik tumani, “Eshimbek” MFYdagi xonadonning biridan YTH natijasida nosoz holatda topilib, davlat ijrochisi tomonidan xatlandi va hozirda auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Mashhur yangiliklar