Farg‘onada ota farzandini onasiga bermaslik uchun shkafga yashirib qo‘ydi
Davlat ijrochilarining harakatlari natijasida bola 17-iyul kuni tonggi soat 06:00 larda qarzdorning yashash xonadonida shkaf ichida yashiringan holatda topilib, shu zahoti onasiga olib berildi.
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida ota farzandini onasiga bermaslik uchun shkafga yashirib qo‘ydi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi hujjatga asosan qarzdor A.T.dan undiruvchi M.T.ga 2018-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan o‘g‘ilni onasi tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Marg‘ilon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga voyaga yetmagan bolani onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari yuborilgan bo‘lsa-da, qarzdor va uning oila a’zolari har xil bahonalar bilan farzandni onasiga berishdan bosh tortgan va bolani yashirib yurgan.
Davlat ijrochilarining harakatlari natijasida bola 17-iyul kuni tonggi soat 06:00 larda qarzdorning yashash xonadonida shkaf ichida yashiringan holatda topilib, shu zahoti onasiga olib berildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi MIB mansabdorlari 202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz yopib yuborgani aniqlandi Qashqadaryoda qarzdor haydovchilardan 600 mln so‘m undirildi Andijondagi shifoxonada ikki ayol o‘zaro janjallashdi Xorazmdagi maktabda MIB xodimlari o‘quvchini majburlab olib ketdi