Farg‘onada o‘zganing nomiga onlayn kredit olgan shaxs ushlandi
Farg‘ona viloyatida o‘zganing nomiga onlayn kredit olib, pullarni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi.
Surxondaryo viloyatida yashovchi 51 yoshli B.K. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, uning nomiga nomaʼlum sabablarga ko‘ra onlayn kredit rasmiylashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi 36 yoshli R.E. sodir etganligi aniqlandi. Unga ko‘ra, gumonlanuvchi R.E., jabrlanuvchi B.K.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini bank operatori sifatida tanishtirgan.
So‘ng soxta havola yuborish orqali shaxsiy maʼlumotlarini qo‘lga kiritib, uning nomidan mobil ilova yordamida ro‘yxatdan o‘tgan. Gumonlanuvchi onlayn tarzda 8 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida pullarni foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan R.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a,b,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi Farg‘onada 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi Fargʻonadagi ovqatlanish shoxobchasida qoʻlbola aroq sotilayotgani aniqlandi