21 Fevral 2025, 11:23 Oʻzbekiston

Fargʻonada “Nexia-3”ni yuk poyezdi urib ketdi

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, haydovchi yoʻl harakati qoidalarini buzib, poyezdni “ilon izi” usulida aylanib oʻtishga uringan.

Fargʻonada “Nexia-3”ni yuk poyezdi urib ketdi

Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida temiryoʻlni kesib oʻtayotgan “Nexia-3” ni yuk poyezdi urib yubordi. Hodisa yuzasidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19-fevral kuni soat 22:30 larda Oxunboboyev va Margʻilon bekatlari oraligʻida “Nexia-3” rusumli avtomobil harakatlanib kelayotgan poyezd tagida qolgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, haydovchi yoʻl harakati qoidalarini buzib, poyezdni “ilon izi” usulida aylanib oʻtishga uringan.

Hodisa oqibatida 38 yoshli haydovchi A.Y. bosh va qoʻl qismidan yengil jarohat olgan va Margʻilon shahar Tez tibbiy yordam markaziga yuborilgan. Avtomobil texnik shikastlangan.

Voqea sodir boʻlgan joyga transportda xavfsizlikni taʼminlash xizmati xodimlari va temir yoʻl mutaxassislari darhol yetib borgan va voqea tafsilotlarini koʻzdan kechirgan.

Ayni paytda Fargʻona viloyati transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar