Fargʻonada mast erkak profilaktika inspektorini pichoqlab oʻldirdi
Dangʻara tumanida muqaddam sudlanib, shartli ravishda ozod etilgan fuqaro mast holatda IIB inspektorini pichoqlab oʻldirdi.
Dangʻara tumanida oʻz xizmat vazifasini bajarayotgan xodim fuqaro tomonidan pichoq bilan hujum qilinishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26-avgust kuni soat 20:45 larda Dangʻara tumani IIB profilaktika katta inspektori N.M. oʻz vakolati doirasida muqaddam JKning 276-moddasi 1-qismi bilan sudlanib, soat 18:00 dan soat 06:00 ga qadar yashash joyini tark etmaslik taqiqi bilan ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan tumanning Shodlik mahallasida yashovchi fuqaro X.E.ni yashash xonadoniga borib, tekshirgan.
Biroq, fuqaro X.E. xonadonida yoʻqligi, jazoni oʻtash tartibini buzganligi aniqlangan.
Shu vaqtda, fuqaro X.E. mast holda yashash xonadoniga tashqaridan kelib, baqir-chaqir qilib, janjal koʻtargan va xonadonda boʻlgan oshxona pichogʻini olib chiqib, kutilmaganda N.M.ni koʻkrak qafasiga sanchib, unga ogʻir tan jarohat yetkazgan hamda voqea joydan qochib yashiringan.
Afsuski, profilaktika inspektori N.M. koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.E. qoʻlga olindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Marhumning oila-aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiramiz, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi Toshkentda tanishining jinsiy a’zosini kesib tashlaganlarga sud hukmi o‘qildi Farg‘onada mikroavtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Farg‘onada avtotreyler YTHga uchradi Fargʻonada 72 yoshli ota oʻgʻlini pichoqlab oʻldirdi