Farg‘onada kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi
Farg‘ona viloyatida ajrashganiga to‘rt oy bo‘lgan kelin sarpolarini MIB orqali undirdi.
Farg‘ona viloyatida MIB aralashuvi bilan kelin sepi erining uyidan olib berildi. Bu haqda byuro axborot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, Farg‘ona viloyatida joriy yil may oyida qurilgan nikoh ikki oy ham o‘tmay kelishmovchilik sababli buzilgan va kelin-kuyov alohida yashay boshlagan. Kelin kuyovdan sepini qaytarishni talab qilib, sudga murojaat qilgan.
Qonunchilikda vindikatsion da’vo degan tushuncha bor (Fuqarolik kodeksi 228-modda). Unga ko‘ra, mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli deyilgan. Vindikatsion da’vo qoidalariga asosan kelinga o‘z sepidagi mol-mulklarni olib berish haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi avgust oyida qaror chiqarib, uni MIBga yuborgan.
Ijro hujjatiga asosan undiruvchi S.Y. foydasiga qarzdor M.A.dan jami 12 turdagi 10 million 900 ming so‘mlik mulklar olib berilishi ko‘rsatilgan. Kelin sepida 6 ta katta ko‘rpa, 6 ta kichik ko‘rpa, 8 ta davrixona, yostiq, 1 dona dazmol, 1 dona elektr choynak, 2 dona gilam 1 dona poyabzal qo‘yadigan va boshqa ashyolar ko‘rsatib o‘tilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 17-sentyabr kuni undiruvchi S.Y.ga qarzdor M.A.dan jami mulklar to‘liq olib berilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi Farg‘onada 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi