30 Oktabr 2024, 12:30 •Oʻzbekiston
Fargʻonada jamoat transporti uchun yoʻl haqi 3000 soʻm etib belgilandi
Agar toʻlov karta (transport kartasi, ATTO, bank kartalari) orqali amalga oshirilsa, 2400 soʻm boʻladi.
Farg‘ona viloyatida jamoat transportining yangi tabaqalashtirilgan narxlari belgilandi. Bu haqda viloyat hokimi Xayrulla Bozorov chiqargan qaror e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining shaharlarida, shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish xizmatlarining cheklangan tarifi quyidagicha belgilandi.
- avtobuslarda bir nafar yo‘lovchi uchun yo‘l haqi — 3000 so‘m;
- jamoat transportida elektron shaklda to‘langan to‘lov (transport kartasi, ATTO, bank kartalari) bir nafar yo‘lovchi uchun bir martalik rag‘batlantiruvchi yo‘l haqi tarifi — 2400 so‘m;
- yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)larda bir nafar yo‘lovchi uchun — 4000 (to‘rt ming) so‘m.
Ma’lumot uchun, 2023-yil noyabrdan Toshkent shahri jamoat transportida yo‘l haqi naqd yoki bank kartasi orqali to‘lashda 1400 so‘mdan 2000 so‘mgacha, ATTO transport kartasi bilan to‘lov amalga oshirilganda esa 1700 so‘mgacha oshirilgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Fargʻonada fuqaro suv taʼminoti xodimini urib jagʻini sindirdi Farg‘onada onlayn qimorni targ‘ib qilgan bloger ushlandi Blogerni sud zalidan chiqarib yuborgan sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi Fargʻonada 414 dona suyultirilgan gaz balloni yashirilgan “bunker”lar aniqlandi Farg‘onada 360 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan choyxona aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkentda 3 yashar bolaning qotili umrbodga qamalgani rad etildi
30 Oktabr 2024, 13:40Zangiotada 417,1 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
30 Oktabr 2024, 13:06Fargʻonada jamoat transporti uchun yoʻl haqi 3000 soʻm etib belgilandi
30 Oktabr 2024, 12:30Rossiyada qarovsiz qolgan oʻzbekistonlik bola vatanga qaytarildi
30 Oktabr 2024, 11:57Chiqindidan qarzdorlar elektr energiyasidan uzilmaydi
30 Oktabr 2024, 11:23Keyingi yilda ish haqi va pensiyalarni oshirishga qancha mablag‘ ajratilishi ochiqlandi
30 Oktabr 2024, 10:49“O‘zbekkonsert”ni ogohlantirmay xorijda konsert bergan san’atkorlarning litsenziyasi to‘xtatiladi
30 Oktabr 2024, 10:15Toshkentdagi bog‘chada bola ayollar kiyimini kiyib, raqsga tushishga majburlandi
30 Oktabr 2024, 09:39