Farg‘onada issiqlik ta’minoti bo‘yicha 4,173 mlrd so‘mlik qarzdorlik asossiz hisoblangani aniqlandi
Farg‘ona viloyatida minglab xonadonlarning issiqlik ta’minotidan asossiz hisoblangan qarzdorliklari bekor qilindi.

Farg‘onadagi xonadonlarga issiqlik ta’minoti bo‘yicha 4 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlik asossiz hisoblangani aniqlandi, deya xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, qo‘mitaning hududiy boshqarmasi Farg‘ona viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish davlat boshqarmasi bilan maishiy iste’molchilarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hamda ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha o‘rganish olib borgan.
O‘rganishlarda isitish mavsumi davomida ko‘p qavatli uylarga issiqlik ta’minotini yetkazib beruvchi markaziy tarmoqlarning isitish qozonxonalarida avariya holatlari (ta’minot uzilishi) sodir bo‘lgan vaqtlarda hamda tabiiy gaz bosimi pastligi va boshqa asosli sabablarda aholi xonadonlariga yetarli darajada issiqlik ta’minoti yetkazib berilmagani ma’lum bo‘lgan.
Ta’minotchi korxona bilan tuzilgan shartnomalarning tegishli bandlariga asosan qayta hisob-kitoblar amalga oshirilganda 6146 nafar iste’molchining xonadonlariga 4 mlrd 173 mln so‘mdan ortiq noreal debitor qarzdorliklar hisoblangan.
Shu tariqa ta’minotchi korxona tomonidan ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan qarzdorliklar bekor qilingan.
Ma’lumot uchun, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona hokimi sportchi Alisher G‘aniyevga uy sovg‘a qildi Kompyuter klubida janjal ko‘targanlar qamoqqa olindi Iste’molchilardan suv va elektr uchun 12 mlrd so‘m ortiqcha undirilgani aniqlandi Fargʻonada avtomobil yoʻlining bir qismi oʻpirilib tushdi Farg‘onada noqonuniy hujra tashkil etgan shaxslar aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







