Fargʻonada fuqaro IIB xonasida hushini yoʻqotib, reanimatsiyaga yotqizildi
Uning jiyani janjal tasvirga tushib qolgan doʻkon kamerasidan barcha kadrlar PPX xodimlari tomonidan oʻchirtirib yuborilganini aytmoqda.
Fargʻona viloyati Rishton tumanida 4-iyul kuni IIB xodimlari va haydovchi oʻrtasida janjal kelib chiqdi. Bu haqda Kun.uz xabar qildi.
Nizo kelib chiqishiga haydovchi yoʻlning harakatlanish mumkin boʻlmagan qismida mashina boshqargani sabab boʻlgan. Janjal asnosida IIB xodimlari haydovchiga elektroshoker qoʻllagan va xizmat xonasiga olib borgan. Biroq fuqaro xonadan hushsiz holda, zambilda olib chiqilgan va tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizishgan. 5-iyul kunning birinchi yarmi holatiga, fuqaro haligacha oʻziga kelmagan.
Zohidon qishlogʻida yashovchi 33 yoshli Ravshan Madaliyev oʻz mashinasini tuman markazidagi asosiy yoʻlga chiqish uchun harakatlanish mumkin boʻlmagan qismida boshqargan. Oʻsha hududda xizmat vazifasini bajarayotgan PPX xodimi haydovchiga chap tomonda harakatlanish mumkin emasligini tushuntirayotgan paytda, oʻzaro janjal kelib chiqqan.
Haydovchi mashinasini yoʻlning boshqa bir qismiga olmoqchi boʻlganida, xodimlar mashina yoʻlini toʻsib olishgan. Nizo paytida mashinaning old qismi zararlangan.
“IIB xodimlari avval 2 kishi edi. Keyin toʻsatdan koʻpchilik boʻlib ketishdi. Mashina yoʻlini toʻsib olib, akamning mashinani boshqa yoʻlga olishiga toʻsqinlik qilishdi. Xodimlardan biri akamning qoʻliga elektroshoker ishlatdi. Keyin esa sudrab, xizmat xonasiga olib kirib ketishdi. Bu paytda xodimlardan biri yana boshiga urdi. Akam xizmat xonasiga kirgunicha holati yaxshi edi. Uni xonada koʻpchilik boʻlib kaltaklashgan. IIB xonasidan hushsiz holatda chiqdi. Tezkorlik bilan reanimatsiya boʻlimiga olib bordik. Kechadan beri oʻziga kelmayapti”, — deydi voqeaga guvoh boʻlgan haydovchining jiyani.
Maʼlum qilinishicha, haydovchi Ravshan Madaliyev 2022-yilda avtohalokatga uchrashi oqibatida miyasidan ogʻir jarrohlik amaliyoti oʻtkazgan. Murojaatchi, janjal tasvirga tushib qolgan doʻkon kamerasidan barcha kadrlar 5 nafar PPX xodimlari tomonidan, asl holatni yashirish maqsadida oʻchirtirib yuborilganini aytmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘liga igna sanchgani rad etildi Самарқандда эркак ўгай ўғлини камар билан савалади ИИБ биносида вафот этгани айтилаётган фуқаро иши доирасида бир ходим қамоққа олинди Омбудсман ИИБ биносига олиб кетилган эркакнинг вафоти очиқ ва адолатли суриштирилишини сўрамоқда Тошкент вилоятида ИИБ биносига олиб кетилган эркак вафот этди