13 Noyabr 2024, 11:58 Oʻzbekiston

Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Farg‘ona viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor xodim ushlandi.

Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

DXX va Bosh prokuratura departamenti tezkor tadbirida “Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»ning korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, u tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisidan 9 oylik faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ishdan bo‘shatilmasligi evaziga 1000 dollar olgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu noqonuniy ishga ETKning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ham aloqador ekani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur ikki shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Ko‘p miqdorda firibgarlik) va 28,211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Mashhur yangiliklar