24 Mart 2025, 10:02 Oʻzbekiston

Fargʻonada bir kechada birdaniga ikkita yirik yongʻin sodir boʻldi — video

Ikkala holatda ham jabrlanganlar yoʻq.

Fargʻonada bir kechada birdaniga ikkita yirik yongʻin sodir boʻldi — video

23-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatida sodir boʻlgan yongʻin videosi tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat FVB munosabat bildirdi.

Maʼlum boʻlishicha, dastlabki yongʻin soat 22:09 da Oʻzbekiston tumani Oqtepa mahallasida sodir boʻlgan. Yongʻin joyiga oʻt oʻchiruvchilar soat 22:14 da yetib borib, yongʻin soat 22:16 da qurshab olingan va soat 22:21 da batamom oʻchirilgan.

“Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Ikkinchi yongʻin soat 19:42 da Uchkoʻprik tumani Navroʻzshoq koʻchasida joylashgan 70 kvadrat metr maydondagi kiyim-kechak doʻkonida sodir boʻlgan. Voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar soat 19:44 da yetib borib, yongʻin soat 19:47 da qurshab olingan va soat 19:55 da toʻliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

Mashhur yangiliklar