Farg‘onada 2 yoshli bola enaga tufayli og‘ir jarohat oldi
Farg‘ona viloyatida 2 yoshli bolaning jarohat olishiga sababchi bo‘lgan enagaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida rasmiy ravishda ishonchnoma asosida 2 yoshli bolaga enagalik qilib kelayotgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan G‘.M. ismli ayol Rossiyaga ishlash uchun ketishi sababli voyaga yetmagan qizi, 2022 yilda tug‘ilgan G‘.I.ni rasmiy ravishda ishonchnoma asosida 36 yoshli M.X.ning qaramog‘iga topshirib, 2024 yilning avgust oyida jo‘nab ketgan.
Shuningdek, ona enaga M.X.ga xizmat haqqi va bolaning kunlik sarf-xarajatlari uchun pul jo‘natib turgan.
15 noyabr kuni voyaga yetmagan G‘.I. yashash xonadonidagi zinadan tushayotgan vaqtida yiqilib, og‘ir tan jarohati olganiga qaramay, enaga ayol bolaning sog‘ligini xavf ostiga qo‘yib, uni shifoxonaga olib bormagan. Oqibatda bolaga bosh miya lat yeyishi va boshqa hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikastlar tashxisi qo‘yilgan.
2024 yilning 28 dekabr kuni fuqaro M.X.ga nisbatan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi 1-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda dori savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi Ikki hududda qariyb 700 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi Qashqadaryoda 588,3 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Ikki hududda xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi Narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki nafar shaxs uzoq muddatga qamaldi