O‘zbekiston

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida gaz ta’minoti ikki kunga to‘xtatiladi

Shuni inobatga olib, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalariga benzin yetkazib berish hajmi oshiriladi.

5-6-sentyabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida gaz quyish shoxobchalari va yirik iste’molchilarda gaz ta’minoti ikki kunga to‘xtatiladi.

Ma’lum qilinishicha, Ohangaron—Pungon magistral gaz quvurining qo‘shimcha qismi qurilishi yakunlangan. Uning uzunligi 22 km atrofida bo‘lgan. Tog‘li hudud orqali gaz quvuri o‘tkazildi. Yangi quvurni tarmoqqa ulash uchun magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz yetkazib berish 5-sentyabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soatga to‘xtatiladi.

Shuni inobatga olib, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalariga benzin yetkazib berish hajmi oshiriladi. Ma’lum qilinishicha, ushbu quvurning ishga tushirilishi vodiy viloyatlari iste’molchilarining gaz ta’minoti ishonchliligini oshirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya O‘zbekistonga yangi gaz quvuri tortishni rejalashtirmoqda. Mamlakatlar energetika sohasida strategik hamkorlikka kelishib oldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная