Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Sherzodjon Polvonov Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.
Sherzodjon Fazlitdinovich Polvonov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Sherzodjon Polvonov 1987-yilda Rishton tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti hamda Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (magistratura)ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2009-yilda Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi kommunal xizmat ko‘rsatish departamenti bosh mutaxassisi sifatida boshlagan.
U hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. Polvonov bunga qadar Mahallalar uyushmasining Mahallalar obodligini ta’minlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Faoliyati davomida viloyat hokimligi yetakchi mutaxassisi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona shahri hamda viloyati kengashlari raisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bo‘lim mudiri, Farg‘ona shahri hokimining o‘rinbosari, O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasi xodimi, 2020−2024-yillarda Tashqi mehnat migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi rahbari bo‘lgan.
Sherzodjon Polvonov yangi lavozimda mart oyidan buyon ishlab kelgan va o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan Sherzod Rahimov o‘rnini egalladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Farg‘onada fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi Qoraqalpog‘iston Transport vazirligiga rahbar tayinlandi Farg‘onada “Lacetti” haydovchisi 57 yoshli fuqaroning o’limiga sababchi bo’ldi Hududlarda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi