Fargʻona kanalida 32 yoshli erkakning jasadi oqib keldi
Erkak Fargʻona kanaliga choʻmilish maqsadida tushub qaytib chiqmagan.
Fargʻonada kanalida odam murdasi oqib kelayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
25-iyun soat 16:29 atrofida Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani “Qatagʻon” MFYda yashovchi fuqaro J.B.ni bergan xabariga koʻra Qatagʻon qishlogʻida yashagan 1991-yilda tugʻilgan T.Oʻ. Samandarak xududidan oqib oʻtuvchi Fargʻona kanaliga choʻmilish maqsadida tushub qaytib chiqmaganligi xaqida xabar bergan.
Shu yilning 28-iyun kuni Oʻ.T.ning murdasi tan jarohatlarisiz Oʻzbekiston tumani Zinasha maxallasidan oqib oʻtgan katta fargʻona kanalidan topilgan. Murdani Bagʻdod tumani Qatagʻon qishlogʻida yashovchi 1980-yilda tugʻilgan akasi T.I. tanib olgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Bagʻdod tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketidi, oqibatida uch yo‘lovchi vafot etgan Surxondaryoda “Jiguli” kanalga tushib ketdi Toshkent viloyatida Spark kanalga tushib ketdi Boʻrijar kanalidan murdasi topilgan erkakning shaxsi aniqlandi Boʻrijar kanalidan nomaʼlum erkakning murdasi topildi