Endi “Afrosiyob” poyezdi Kattaqo‘rg‘onda ham to‘xtab o‘tadi
Samarqand shahri hokimligi “Afrosiyob” poyezdi Kattaqo‘rg‘onda ham to‘xtab o‘tishini maʼlum qildi.
“Afrosiyob” tezyurar poyezdi 2025-yildan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida to‘xtab o‘tishni boshlaydi. Bu haqda prezidentning 2024-yil 29-noyabrdagi “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga tayangan holda Samarqand shahri hokimligi xabar berdi.
Jamoatchilik uchun ochiq bo‘lmagan hujjatga ko‘ra, Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahrida oraliq poyezdlar to‘xtab o‘tishini tashkil etish topshirilgan.
Bundan tashqari, hujjatda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on o‘rtasida elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalari haqida so‘z boradi.
Shuningdek, yangi yo‘nalishlar, jumladan, “Bulung‘ur — Samarqand — Juma — Kattaqo‘rg‘on” yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida vokzallar infratuzilmasi yaxshilanadi, zamonaviy poyezdlar xarid qilinadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandga uchgan samolyot Moskvaga favqulodda qo‘ndi Qanot Sharq aviakompaniyasi Rossiyaga parvozlarni vaqtinchalik bekor qildi Tezyurar poyezdlar uchun chipta narxi 25-30 foizga oshadi Samarqandda 1,3 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan novvoyxona aniqlandi Toshkent – Samarqand yuqori tezlikdagi yo‘lovchi temiryo‘lini qurish boshlandi