24 Mart 2025, 11:18 Oʻzbekiston

Dzyudochi Umar Bozorov “Katta dubulgʻa” turniri gʻolibi boʻldi — video

Sportchi -90 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Dzyudochi Umar Bozorov “Katta dubulgʻa” turniri gʻolibi boʻldi — video

Oʻzbekistonlik dzyudochi Umar Bozorov Gruziyada oʻtayotgan “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnirda chempion boʻldi.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, musobaqa Tbilisida boʻlib oʻtgan. Sportchi Olimpiya oʻyinlari va jahon chempionatlari sovrindorlari jam boʻlgan -90 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Finalda oʻzbekistonlik sportchi fransiyalik Aleksis Metyu ustidan gʻalaba qozondi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqani bitta oltin va ikkita bronza medali bilan yakunladi. Qayd etilishicha, musobaqaning ilk kunida -66 kg vazn toifasidagi hamyurtlarimiz Azizbek Ortiqov va Abdurahim Nutfullayev bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Mashhur yangiliklar