Diplomatlar insultdan so‘ng o‘zbekistonlikning Xorvatiyadan qaytishiga yordam berishdi
Erkak shifokorlar nazorati ostida Germaniya orqali olib o‘tilgan.

Xorvatiyadan insult tufayli shifoxonaga yotqizilgan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak 2022-yilda mamlakatga vaqtinchalik ishlash uchun kelgan. Biroq 2025-yil 18-aprelda uning sog‘lig‘i keskin yomonlashdi va shundan so‘ng erkak insult tashxisi bilan Riyeka shahridagi klinik shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi.
Mutaxassislar erkakka zarur jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazgan. Shundan so‘ng, O‘zbekistonning vakolatli organlari ko‘magida erkak shifokorlar nazorati ostida va tibbiy talablarga rioya qilgan holda Germaniyaga olib ketilgan va u yerdan jabrlanuvchi reanimatolog hamrohligida Myunxen-Toshkent reysi bilan O‘zbekistonga jo‘nab ketgan.
Avvalroq Rossiyadan oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandlari qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Erkak noqonuniy muhojir bo‘lgani uchun ishlay olmagan, xotini bolalari bilan vataniga qaytishga qaror qilgach, pasportini olib qo‘ygan.
Izohlar