26 Avgust 2024, 11:21 Oʻzbekiston

“Chorsu”dagi kiyim do‘konlaridan birida yong‘in yuz berdi

Shayxontohur tumanidagi “Chorsu” bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi.

“Chorsu”dagi kiyim do‘konlaridan birida yong‘in yuz berdi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan “Chorsu” bozorida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. FVB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 25-avgust kuni soat 20:48 da Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, soat 21:06 da o‘chirildi. Yong‘in natijasida kiyim do‘konining ichki qismi 15 kv.m. maydonda yongan.

Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Holat oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Mashhur yangiliklar