1 Noyabr 2024, 10:49 •Oʻzbekiston
Chirchiq daryosi o‘zaniga 273,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida tabiatga 273,8 mlrd so‘m zarar yetkazildi.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani, “Samarqand” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi hududida tezkor ekologik reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Reyd tadbirida Chirchiq daryosi o‘zanidan MChJ tomonidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi qazib olinayotgan vaqtida to‘xtatildi.
Mazkur MChJ bundan oldin ham davlat inspektorlari tomonidan ogohlantirilganligi va javobgarlikka tortilganiga qaramay, faoliyatini davom ettirgan.
Qum-shag‘al qazib olinishi natijasida tabiatga 273 milliard 802 million 688 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Ish yuzasidan to‘plangan barcha hujjatlar tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi “Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi Toshkent viloyatida 7 kilogrammlik chaqaloq tugʻildi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34