24 Fevral 2025, 15:10 •Oʻzbekiston
Buzilayotgan turar va noturar joy obektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi
“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yil 1 maydan:
- qurilishni boshlashdan foydalanishga ruxsatnoma berishga qadar bo‘lgan jarayonlar to‘liq onlayn rejimida “Shaffof qurilish” tizimida amalga oshiriladi;
- qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uy-joydan foydalanishga ruxsatnoma berishda faqat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, hamda davlat yong‘in nazorati organlaridan xulosa olinadi.
Inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tgan va u tomonidan nazorat qilinadigan ko‘p kvartirali uy-joylarni foydalanishga ruxsatnoma berishdan oldin instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi.
2025 yil 1 martdan renovatsiya asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo etishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
- renovatsiya loyihasini boshlashga barcha mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kelishuv bitimi imzolanganidan so‘ng ruxsat beriladi;
- mulkdorlarga, ularning xohishiga ko‘ra, quyidagi kompensatsiya turlaridan biri taqdim etiladi:
- buzilayotgan turarjoy obektlari o‘rniga ularning maydonidan kam bo‘lmagan renovatsiya dasturiga muvofiq yangi quriladigan turarjoylardan yashash uchun tayyor holdagi kvartiralarni mulk huquqi asosida berish hamda qurilish davrida ko‘chish, shu jumladan, boshqa turarjoy obektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplash;
- buzilayotgan turar va noturar joy obektining bozor qiymatini to‘liq qoplab berish;
- renovatsiya loyihasi tashabbuskori bilan kelishilgan holda boshqa turdagi kompensatsiyani taqdim etish.
Мавзуга оид хабарлар:
“Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” medali ta’sis etildi Chetda ishlayotganlar ham O‘zbekistonda ipoteka olishi mumkin bo‘ladi 3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza topshirish boshlanadi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan mukofot puli beriladi Ayrim dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
Soʻnggi yangiliklar

O‘zbekiston va Rossiya JST bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
15 Mart 2025, 18:18
Qurilish vazirligi huzurida Issiqlikta’minoti kompaniyasi tashkil etiladi
15 Mart 2025, 12:23
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
15 Mart 2025, 08:45
Grantlarni talabalar orasida qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
14 Mart 2025, 19:48
Umra litsenziyasini olish uchun tadbirkorlardan arizalar qabuli boshlandi
14 Mart 2025, 17:53
Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirmoqda
14 Mart 2025, 17:12
Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yilga qamaldi
14 Mart 2025, 16:17
Bir kunda Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bo‘yicha 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi
14 Mart 2025, 15:38