2 Dekabr 2024, 13:10 Oʻzbekiston

Buxoroda salkam 54 mln soʻmlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Buxoroda salkam 54 mln soʻmlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Buxoro viloyatida salkam 54 mln soʻmlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi, deb xabar bermoqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirilgan.

Natijada, mazkur transport vositasi yukxonasiga xorijda ishlab chiqarilgan va noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan 14,4 ming dona petarda va 112 dona salyutlar ortilgani aniqlangan.

Vaqtincha saqlovga olingan mazkur pirotexnika vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra salkam 54 mln. soʻmni tashkil qilmoqda, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar