Buxoroda maktab o‘quvchilari o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi qamaldi
Buxoro viloyatida ikki nafar maktab o‘quvchisining o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi.

Buxoro viloyati Kogon tumanida yo‘l harakati qoidalarini buzib YTH sodir etgan va bolalar o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar bermoqda.
Mazkur YTH 2024 yil 18 mart kuni sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida Kogon tumanida 5-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning ikki nafar o‘quvchisi halok bo‘lgan. Boshqalari turli darajada tan jarohatlari olgan.
O‘shanda bir nechta avtobus bolalarni Buxoro shahridagi drama teatriga olib borayotgan bo‘lgan va qoidabuzarlik ortidan ularning biri YTHga uchragan.
Ma’lum qilinishicha, olib borilgan tergov harakatlarida avtobusni boshqargan haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, halokatga sababchi bo‘lgani aniqlangan.
Kogon shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilgan.
Sud 33 yoshli ayblanuvchini 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etgan holda, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi Navoiyda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi Surxondaryoda “peshexod”dan o‘tayotgan 8 yoshli bolani mashina urib yubordi Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Soʻnggi yangiliklar







