9 Iyul 2024, 16:55 Oʻzbekiston

Buxoroda isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotayotganlar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Buxoroda isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotayotganlar ushlandi

Buxoro shahrida isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotayotgan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament. Unga koʻra, departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

“Sh.S.” MCHJ rahbari L.Y. va boshqalar MCHJ savdo doʻkoni va yertoʻlasida 8 turdagi jami 1 395 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini hamda 570 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mashhur yangiliklar