Buxoroda gʻalladan boʻshagan yerlarda somon qoldiqlari yoqildi
Bu tuproqdagi mikroorganizmlar, foydali hasharotlarning nobud boʻlishiga, atrof-muhit va havoning ifloslanishiga olib keladi.
Buxoro viloyatida gʻalladan boʻshagan yer maydonlarida somon qoldiqlarini yoqqanlar 40 million soʻmdan ortiq jarimaga tortildi.
Viloyat Ekologiya boshqarmasining qayd etishicha, hududlarda doimiy ravishda gʻalladan boʻshagan yer maydonlarida somon qoldiqlarini yoqmaslik boʻyicha targʻibot tadbirlari olib borilishiga qaramasdan fermer xoʻjaliklari tomonidan somon poyalarini yoqish holatlari kuzatilmoqda.
Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida Buxoro viloyatida gʻalladan boʻshagan yer maydonlarida somon qoldiqlarini yoqish bilan bogʻliq 10 ta holat aniqlanib, 40 674 000 soʻm jarima qoʻllangan. Viloyat boʻylab nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, gʻalladan boʻshagan yerlarda somon poyasini yoqish dehqonchilikka katta ziyon yetkazadi. Bu tuproqdagi mikroorganizmlar, foydali hasharotlarning nobud boʻlishiga, atrof-muhit va havoning ifloslanishiga olib keladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi xonadonlardan birida yongʻin chiqdi Farg‘onadagi sihatgohda yong‘in sodir bo‘ldi Toshkentdagi mebel sexida yongʻin yuz berdi Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi Toshkent viloyatidagi bo‘yoq zavodida yirik yong‘in yuz berdi