Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor
“Mustaqillikning 25 yilligi” konida yuz bergan avariya oqibatida oqibatida ikki nafar shaxs vafot etgani aytilmoqda.
Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida 17-sentyabr kuni yuz bergan texnologik jarayonda ikki nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda 18-sentyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i O‘ktam O‘tayev ma’lum qildi.
Boysunda 1-sentyabr kuni “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli quduqda burg‘ilash ishlari vaqtida texnologik jarayonning buzilishi oqibatida oltingugurt gazi chiqishi kuzatilgan edi. Keyinroq mazkur kon yopilgani ma’lum qilingandi. Mazkur konda 17-sentyabr kuni yana gaz chiqish holati yuz bergan.
O‘lim holati bo‘lgan. Voqea oqibatida ikki nafar shaxs vafot etgan. Yana tan jarohati olganlar ham bor. Hozir holat yuzasidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha ma’lumot beriladi.
Voqea joyiga shaxsan viloyat prokurori tuman prokuraturasi va tegishli mutaxassislar ishtirokida yetib borgan. Bu texnogen holat bo‘lgani uchun ham mutaxassislarning xulosasiga asoslangan holda qonuniy qaror qabul qilinadi, dedi O‘ktam O‘tayev.
Uning alohida ta’kidlashicha, aholiga kompensatsiya berish masalasida hech qanday muammo bo‘lmaydi.
Davlat rahbari tomonidan o‘sha kunning o‘zida hukumat komissiyasi tuzilgan. Komissiya tarkibida FVV, ekologiya, sog‘liqni saqlash, prokuratura va boshqa idoralar xodimlari bo‘lgan. Hududdagi bir necha qishloqlar aholisi evakuatsiya qilingan va tegishli joylarga joylashtirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘rdikki, “mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ularning holidan xabar olindimi, kompensatsion to‘lovlar to‘landimi”, degan savollar berildi. Bularning barchasi davlat tomonidan nazoratga olingan. Tegishli tartibda qonuniy to‘xtamga kelinadi. Bunda hech qanaqa muammo bo‘lishiga yoki shubhaga o‘rin yo‘q, dedi prokuratura vakili.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi Zangiotada 417,1 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi Fargʻonada 414 dona suyultirilgan gaz balloni yashirilgan “bunker”lar aniqlandi FVV aholi va korxona rahbarlariga murojaat bilan chiqdi Samarqanddagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi halok boʻldi