Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi
“Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida yuz bergan avariyada 4 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida 17-sentabr, seshanba kuni sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar konda ishlagan pudratchi tashkilot xodimlari bo‘lgan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Bir kun avval Boysun tumanidagi bir nechta manbalar, jumladan, shifoxona xodimlari to‘rt kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Jabrlanganlar soni aniqlashtirilmoqda.
Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan bir nechta jabrlanganlar borligi ma’lum. Ularning barchasiga ham kasalxonaga yotqizish zarurati bo‘lmagan. Soat 16:00 holatiga shifoxonada bir nafar ishchi bo‘lgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi Zangiotada 417,1 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi Fargʻonada 414 dona suyultirilgan gaz balloni yashirilgan “bunker”lar aniqlandi FVV aholi va korxona rahbarlariga murojaat bilan chiqdi Samarqanddagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi halok boʻldi