19 Sentabr 2024, 15:08 Oʻzbekiston

Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi

Energetika vaziri kondagi avariya oqibatida halok bo‘lganlarning oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga olishini aytdi.

Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Surxondaryo viloyati Boysun tumanida qayta sodir bo‘lgan avariyada halok bo‘lgan fuqarolarning oilalari pudratchi tashkilot qaramog‘iga olinishini ma’lum qildi. Bu haqda Kun.uz xabar qildi.

Ko‘pchilik nefti-gaz sohasida xodimlar baland oylik olishini aytadi. Avval kelib xodimlar naqadar og‘ir sharoitda ishlashini ko‘rish kerak. Baxtsiz hodisa bo‘lganida kompensatsiya berish tegishli mehnat shartnomalarida ham bor.

Ko‘zda tutilgan kompensatsiyalardan tashqari halok bo‘lganlarning oilalari qaramog‘ini pudratchi tashkilot to‘liq o‘z bo‘yniga oldi. Bundan tashqari, pudratchi tashkilot ularning farzandlarini voyaga yetkazib, o‘qitib, kompaniyada kafolatlangan ish bilan ta’minlashgacha zimmasiga olgan, deya ma’lum qildi Mirzamahmudov.

Mashhur yangiliklar