8 Oktabr 2024, 10:48 •Oʻzbekiston
Buxoroda tok urishi oqibatida ikki ishchi halok bo‘ldi
“Qorako‘l” podstansiyasida ikki ishchi tok urishidan halok bo‘ldi.
Joriy yilning 2-oktyabr kuni “Qorako‘l” podstansiyasida 2 nafar mutaxassis texnik nosozlik natijasida vafot etgan. Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aytilishicha, jamiyatning “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli 500 kV kuchlanishli “Qorako‘l” podstansiyasida 2 nafar mutaxassis o‘limiga sababchi bo‘lgan baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.
Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa to‘g‘risida shu kunning o‘zida tegishli organlarga xabar berilgan. Ayni paytda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Qo‘shimcha qilinishicha, marhumlarning oilalariga barcha kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonda XMTning yana bir konvensiyasi ratifikatsiya qilindi
12 Noyabr 2024, 16:36Tayson blogerga qarshi jangdan qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi
12 Noyabr 2024, 15:582027-yilga borib O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 20 mlrd dollarga yetishi mumkin
12 Noyabr 2024, 14:38Namanganda teplovoz bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi haloh bo‘ldi
12 Noyabr 2024, 13:50Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqargan shaxs ushlandi
12 Noyabr 2024, 13:15Toshkent viloyatida qidiruvdagi ayolning jasadi kanaldan topildi
12 Noyabr 2024, 12:33Namanganda kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
12 Noyabr 2024, 11:58