Boysun konidagi portlashda 11 kishi jarohat olgani ma’lum bo‘ldi
Boysundagi “M-25” gaz konida yuz bergan navbatdagi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 11 kishi jarohat oldi.
18-sentabr kuni “Mustaqillikning 25 yilligi” konida yuz bergan texnogen hodisa yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
Konning o‘zida bo‘lib o‘tgan brifingda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va fvqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev ishtirok etdi.
Avvalroq kondagi avariyada 4 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, bundan tashqari, yana 11 nafar fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yuborilgan. Shu kunning o‘zida ularning 10 nafariga uyiga javob berilgan.
Ayni paytda bu yerga tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
“Nega bu hodisa yana takrorlandi?”, degan savolga javoban Jo‘rabek Mirzamahmudov bu mazkur konning geografik joylashuvi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan bevosita bog‘liqligini aytdi.
Xususan, “Mustaqillikning 25 yilligi” koni ma’muriy jihatdan Surxondaryo viloyati hududida joylashgan bo‘lib, Boysun shahridan 20 kilometr janubi-sharqda.
Geografik jihatdan hudud tog‘oldi-adir relefidir. Relefning mutlaq balandligi dengiz sathidan 1000 metrni tashkil etadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi Zangiotada 417,1 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi Fargʻonada 414 dona suyultirilgan gaz balloni yashirilgan “bunker”lar aniqlandi FVV aholi va korxona rahbarlariga murojaat bilan chiqdi Samarqanddagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi halok boʻldi