O‘zbekiston

Bosh prokuror, mudofaa va ichki ishlar vazirlariga yangi unvonlar berildi

Tegishli farmon prezident tomonidan imzolandi.

Фото: Ситуативное

Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Bosh prokuratura, Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi rahbarlariga yangi unvonlar berdi.

Davlat rahbari bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga 2-darajali davlat adliya maslahatchisi maxsus unvonini berdi. Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedovga general-leytenant harbiy unvoni berildi. IIV rahbari Toshpo‘latov Aziz general-leytenant maxsus unvonini oldi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev hududlarga gaz yetkazib berishda uzilishlar bo‘layotgani uchun mas’ullarni tanqid qilgandi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Andijon va Surxondaryodagi shikoyatlarning 70 foizi aynan gaz ta’minoti bilan bog‘liq. Prezident rahbarlar bu masalaga ikki haftada yechim topishini, bo‘lmasa o‘zi bilib joyini bo‘shatib qo‘yishini ta’kidlagan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная