29 Avgust 2024, 18:25 Oʻzbekiston

Bayrami kunlari Toshkent metrosi qay tartibda ishlashi ma’lum qilindi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgust hamda 1,2,3-sentyabr dam olish kunlari etib belgilangan.

Bayrami kunlari Toshkent metrosi qay tartibda ishlashi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgust hamda 1,2,3-sentyabr dam olish kunlari etib belgilangan. Bu kunlarda poytaxt metrosi qanday tartibda ishlashi ma’lum qilindi.

“Toshkent metropoliteni” axborotiga ko‘ra, 2024-yil 31-avgust va 1-sentyabr kunlarida metro poyezdlari harakati odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida faoliyat olib boradi.

2-3-sentyabr kunlari esa, metro poyezdlari dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanadi.

Mashhur yangiliklar