O‘zbekiston

Barcha turar-joy majmualari nomlari o‘zbek tiliga tarjima qilinadi

Obyekt haqidagi barcha ma’lumotni ham davlat tilida yozish majburiy bo‘ladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda barcha yangi turar-joy majmualari (TJM) nomlarini o‘zbek tiliga o‘zgartirish majburiy bo‘ladi, deyiladi hukumat qarorida.

Yangiliklar nafaqat loyihaning rasmiy nomiga, balki barcha tegishli ma’lumotlarga ham ta’sir qiladi. Xususan, obyektning nomi barcha qoida va me’yorlarga aniq rioya qilingan holda davlat tilida ifodalanishi kerak. Bundan tashqari, o‘zgartirishlar qurilishlarni rasmiylashtirishga ta’sir qiladi, barcha yozuvlar faqat o‘zbek tilida bo‘lishi kerak:

  • peshlavhalarda;
  • binolarning pasportlarida;
  • tasmali to‘siqlar;
  • reklama va e’lonlar matnlarida.

Bundan tashqari, qurilish-montaj ishlarini boshlash va yakunlash uchun ruxsatnoma olish bilan bog‘liq hujjatlar (shu jumladan, mualliflik va texnik nazorat) ham davlat nazorati inspeksiyasiga o‘zbek tilida taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda vokzal va stansiyalar nomi o‘zgartiriladi. Nomlar davlat tili qoidalariga muvofiqlashtiriladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная