18 Iyul 2024, 18:08 Oʻzbekiston

Avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yoʻli bilan beriladi

1-dekabrdan esa avtomobilni roʻyxatdan oʻtkazish va davlat raqamini olish uchun arizalarni YHXX yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasi orqali yuborish va toʻlovni oʻsha yerda amalga oshirish mumkin.

Avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yoʻli bilan beriladi

1-avgustdan boshlab avtomobillarga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari tasodifiy tanlash yoʻli bilan beriladi. Bu haqda Oʻzbekiston hukumatining 17-iyuldagi qarorida soʻz boradi.

Raqamlar avtomatik tarzda Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Davlat raqam belgilari” moduli orqali shakllantiriladi.

Hozirda raqam belgilari oʻsib boruvchi raqamlash ketma-ketligi boʻyicha beriladi, harflar va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan oshirilgan toʻlov stavkasidagi raqamlar bundan mustasno (“chiroyli raqamlar”, auksion orqali toʻlanadi).

Raqamlarni tasodifiy tartibda berish 2018-yilda Rossiyada chiroyli raqamlarni sotib olish bilan bogʻliq korrupsiya komponentining oldini olish uchun joriy etilgan. Usulning mohiyati shundaki, raqam tasodifiy tanlanib, kompyuter tomonidan tayinlanadi.

Yaqinda avtomashinalariga raqam olgan bir qator haydovchilarning maʼlum qilishicha, davlat raqamlari belgilari avtomatik tarzda inspektorlar planshetlari orqali shakllantiriladi. “Raqam avtomatik tarzda planshetda paydo boʻldi, bu raqam qanday boʻlishini hech kim bilmaydi”, — dedi suhbatdoshlardan biri.

Qarorga koʻra, 1-dekabrdan YHXB mobil ilovasi, xizmatning rasmiy sayti, Call-markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (my.gov.uz) orqali avtomobillarni roʻyxatdan oʻtkazish va raqam berish boʻyicha murojaatlarni yuborish va oʻsha yerning oʻzida toʻlovni amalga oshirish mumkin boʻladi.

Mashhur yangiliklar