Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi maxsus vakili boʻldi
Paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakil sifatida ish boshladi.
Kecha, 22-oktyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligida boʻlib oʻtgan tadbirda para yengil atletika boʻyicha paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova agentlikning nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakili sifatida tanishtirildi.
“Agentligimiz oilasiga yana bir paralimpiya chempioni qizimiz kelib qoʻshildi. Biz Asila bilan Parijda birga ishlashni niyat qilgan edik. Bugun shu niyatimiz amalga oshdi: Asila Mirzayorova Agentlik Maxsus vakili boʻldi. Agentlik oilasiga xush kelibsiz Asila! Asila juda kuchli va aqlli qiz. Asila Nogironligi bor shaxslar huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanadi. Endi bizning jamoamizda Diyora va Asila kabi chempion qizlarimiz bor. Men ishonaman: biz yanada kuchli boʻldik va yangi yuksak marralarni birgalikda zabt etamiz!” dedi Shahnoza Mirziyoyeva.
Tadbirda soʻzga chiqqan paralimpiyada chempioni bildirilayotgan yuksak ishonch uchun oʻz minnatdorchiligini bildirib, agentlik maxsus vakili boʻlishga rozi boʻlganining sababini quyidagicha izohladi:
“Men uchun nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakil sifatida ish boshlash katta sharaf va masʼuliyat. Bu vazifa menga nogironligi boʻlgan insonlar huquqlarini himoya qilish va teng imkoniyatlar yaratishga oʻz hissamni qoʻshish imkoniyatini beradi. Paralimpiya sportchisi sifatida men jismoniy va ijtimoiy toʻsiqlarni qanday yengishni bilaman va har bir inson jamiyatning teng huquqli aʼzosi boʻlishi kerak, deb ishonaman.” dedi chempion.
Oʻz oʻrnida Asila Mirzayorova, maxsus vakil sifatidagi yangi vazifasida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, inklyuziv muhit yaratishda oʻz hissasini qoʻshishidan mamnunligini alohida qayd etdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi Ijtimoiy himoya agentligiga yangi vakolat berildi Usmon Sharifxo‘jayev Ijtimoiy himoya agentligi direktori o‘rinbosari bo‘ldi Xitoyda qarovsiz qolgan ikki bola O‘zbekistonga olib kelindi O‘zbekistonda “suyunchi puli” miqdori oshgani aytildi