25 Mart 2025, 15:32 Oʻzbekiston

AQSHda uchuvchi pasportini unutib, 257 yoʻlovchi boʻlgan reysni ortga qaytardi

Reys Xitoyga olti soat kechikib yetib borishga muvaffaq boʻldi.

AQSHda uchuvchi pasportini unutib, 257 yoʻlovchi boʻlgan reysni ortga qaytardi

22-mart kuni United Airlines aviakompaniyasining Los-Anjelesdan Shanxayga uchayotgan reysi uchuvchilardan biri pasportini unutib qoldirgani sababli havoda burilib, orqaga uchib ketdi, deb xabar bermoqda CNN kompaniya matbuot xizmatiga tayanib.

Maʼlumotlarga koʻra, reys bortida 257 nafar yoʻlovchi va 13 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Samolyot parvozdan ikki soat oʻtgach, orqaga qaytib, San-Fransiskoga yoʻl oldi.

“Uchuvchining yonida pasporti yoʻq edi. Mijozlarimizni oʻsha kuni kechqurun manzilga yetkazish uchun yangi ekipaj tashkil qildik. Mijozlarga ovqatlanish va kompensatsiya uchun vaucherlar taqdim etildi”, — deyiladi xabarda.

Toʻrt soatdan keyin San-Fransiskodan Shanxayga yangi ekipaj uchib ketdi. U yerga taxminan olti soat kechikib qoʻndi.

Mashhur yangiliklar