Toshkent viloyatida qimmatbaho metallarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi xodimlari viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Ohangaron tumani hamda Angren va Olmaliq shaharlarida tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazdi.
Reydlardan ko‘zlangan maqsad kriminogen vaziyatni sog‘lomlashtirish va qimmatbaho metallarning noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yishdan iborat.
Natijada 9 nafar fuqaroning yashash xonadonlaridan tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan 17,5 tonna qum va toshlar, ularga ishlov berish uskunalari, 135 gramm oltin, 25 gramm marixuana, ov miltig‘i va 42 dona o‘q-dorilar olib qo‘yildi.
Hozirda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilgan, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir — Qonli bezgak: noqonuniy oltin qazib olishda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Voqealar soni yildan yilga ortib bormoqda, voyaga yetmagan bolalarni hunarmandchilikka jalb qilish holatlari ma’lum.






















