6 Yanvar 2025, 10:15 •Oʻzbekiston
Andijondagi savdo do‘konida yirik yong‘in yuz berdi
Shahrixon tumanida joylashgan savdo doʻkonining 300 kvadrat metr maydonda shift, tom qismi va maishiy jihozlar yonib zararlandi.
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shahrixon tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʻlumot berdi.
Qayd etilishicha, 5-yanvar kuni soat 22:57da Shahrixon tumani Amir Temur koʻchasida joylashgan maishiy savdo doʻkonida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Unga koʻra, soat 23:00 da aytilgan manzilga yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borgan va soat 23:45 da yongʻin toʻliq oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida savdo doʻkonining 300 kvadrat metr maydonda shift, tom qismi va maishiy jihozlar yonib zararlangan.
“Yongʻin natijasida fuqarolar tan jarohati olmagan. Yongʻin sodir boʻlish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda kuyov to‘y korteji sabab 27 mln so‘m jarima to‘ladi Andijondagi xonadonlardan birida gaz portladi Andijonda mashina ichiga isitish pechi o‘rnatgan blogerga chora ko‘rildi Navoiy IESdagi transformatorda yong‘in sodir bo‘ldi Toshkentdagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbari ishdan olindi
8 Yanvar 2025, 19:16O‘zbekistonda taqiqlangan diniy materiallar ro‘yxati e’lon qilindi
8 Yanvar 2025, 18:42O‘tgan yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi
8 Yanvar 2025, 18:05Davlat organlarining ochiqlik faoliyati tekshiriladi
8 Yanvar 2025, 17:282024-yil kuzatishlar tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi — “Kopernik”
8 Yanvar 2025, 16:55O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 6,6 mlrd dollarga ko‘paydi
8 Yanvar 2025, 16:19Husanov transferi uchun kurashga “Tottenxem” ham qo‘shildi
8 Yanvar 2025, 15:41Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olganlar tabiatga qariyb 700 mlrd so‘m zarar yetkazdi
8 Yanvar 2025, 15:04