Andijonda ota 5 o‘g‘ilidan aliment pullarini undirib oldi
MIB Andijon viloyatida otasini ta’minotsiz qoldirgan 5 o‘g‘ildan aliment pullarini undirib beildi.
Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida yashovchi 74 yoshli fuqaroga 5 nafar farzandidan aliment pullari undirib berildi. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bo‘ston tumanida yashovchi 74 yoshli otaxon 2015-yilda ayrim sabablarga ko‘ra, 5 nafar o‘g‘lidan aliment undirib berishini so‘rab sudga murojaat qilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudi otaxonning da’vosini qanoatlantirib, har bir o‘g‘ildan oyiga 70 ming so‘mdan aliment undirib borilishi yuzasidan qaror chiqargan.
Ijro harakatlari davomida otaxon 4 o‘g‘lidan aliment olishdan voz kechgan va birgina o‘g‘li aliment to‘lash uchun mas’ul bo‘lib qolgan.
O‘tkazilgan tushuntirishlar natijasida aliment to‘lashga mas’ul farzand otasi uchun aliment qarzi va kelgusi 5 yillik aliment to‘lovlarini oldindan berishini ma’lum qildi. Natijada jami 5 million 100 ming so‘m otaxonga tegishli tartibda undirib berildi.
Shundan so‘ng otaxon 2029-yilgacha hisoblangan aliment pullarini olgani sababli ijro hujjatini qaytarib olishni so‘rab murojaat qilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda aliment toʻlamagan ikki otaga 15 sutkadan “berildi” Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi Andijonda gaz quvuriga urilgan yuk mashinasi minglab xonadonni gazsiz qoldirdi Andijonning ikki tumanida 966 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi