25 Noyabr 2024, 12:35 •Oʻzbekiston
Andijonda gaz quvuriga urilgan yuk mashinasi minglab xonadonni gazsiz qoldirdi
“Hududgazta’minot” avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklanishini bildirgan.
Andijon viloyatida yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida minglab xonadonlar gazsiz qoldi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, avariya bugun, 25 noyabr kuni Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida yuz bergan.
Tumanning “Yangiobod” MFY hududida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining urilishi oqibatida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.
Yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida 07:10 dan Ulug‘nor tumanidagi 3 200 ta xonadon va 9 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Ta’kidlanishicha, gaz ta’minoti avariya holati bartaraf etilishi bilan qayta tiklanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
23 Yanvar 2025, 18:57Samarqandda 359,6 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
23 Yanvar 2025, 18:21Endi migrantlar ham ipoteka krediti olishi mumkin bo‘ladi
23 Yanvar 2025, 17:40Jizzaxda kanal bo‘yidagi 13 tup tut daraxti kesib ketildi
23 Yanvar 2025, 17:02“O‘zkimyosanoat” rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
23 Yanvar 2025, 16:32Xorazm va Buxoroda “valyutchik”lar ushlandi
23 Yanvar 2025, 15:43Toshkent viloyatida litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgan MChJlar jarimaga tortildi
23 Yanvar 2025, 15:05Turkiyada terakt sodir qilgan o‘zbekistonlikka tayinlangan jazo oʻz kuchida qoldi
23 Yanvar 2025, 14:27