Andijonda onlayn qimorda yutqazib qo‘ygan 28 yoshli ayol joniga qasd qildi
Asaka tumani Telegram orqali onlayn qimorda yutqazib qo‘ygan 28 yoshli ayol o‘zini kanalga tashladi.
Andijonda onlayn qimorda 11 mln so‘m yutqazib qo‘ygan uch farzandning onasi o‘zini kanalga tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Asaka tumani, “Xonaqa” MFYda yashovchi N.I. 17-iyul kuni viloyat IIBning 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, qizi — 1996-yilda tug‘ilgan X.M. o‘sha kuni soat 17:00 larda uyidan chiqib, nomaʼlum tomonga ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolgani sabab uni qidirib topishni so‘ragan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida X.M. ovsini P.M.ga tegishli bo‘lgan telefon raqamiga Telegram orqali 17-iyul kuni soat 17:00 larda onlayn savdo platformasida pul mablag‘lari yutqazib qo‘yganini, shu sababli o‘z joniga qasd qilmoqchiligini bildirib, ovozli xabar qoldirgani aniqlangan.
Tuman prokuraturasi, tuman IIB va FVB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, X.M.ning jasadi 22-iyul kuni soat 10:00 larda Asaka tumani, “Labgardon” MFYdan oqib o‘tuvchi “Asaka tashlamasi” soyidan tan jarohatlarisiz topilgan.
O‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida o‘limga yuqori nafas yo‘llarining suv bilan berkilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda aliment toʻlamagan ikki otaga 15 sutkadan “berildi” Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi Andijonda gaz quvuriga urilgan yuk mashinasi minglab xonadonni gazsiz qoldirdi Andijonning ikki tumanida 966 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi