Andijonda “Nexia-3” bilan toʻqnashgan “Damas” zovurga agʻdarilib ketdi
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, avtomashinalar texnik shikastlangan.

Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Asaka tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 22 fevral kuni soat 23:00 larda Asaka tumani «Yangi obod» MFY hududidan o‘tgan D-105 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lining 168-kilometrida 26 yoshli A.M. Damas rusumli avtomashinasida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. U Asaka—Farg‘ona yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida belgilangan tezlik me’yoriga rioya qilmaslik va oraliq masofa saqlamaslik oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda chapga qayrilib olmoqchi bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasining orqasidan borib urilgan. Natijada, Damas avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi zovurga tushib, ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, avtomashinalar texnik shikastlangan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Asaka tumani IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar







