
Shahrisabz aeroporti yana samolyotlarni qabul qilmoqda
26 Mart 2025, 15:1623-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil ikki bolani bosib ketgani aks etgan video tarqaldi. Andijon viloyati YHXB hodisa yuzasidan izoh berdi.
Aniqlanishicha, hodisa Andijon viloyati Asaka tumani “Yuksalish” mahallasidan oʻtuvchi D-105E “Asaka – Xumo” avtomobil yoʻlining 2-kilometrida yuz bergan. 1981-yilda tugʻilgan Matiz haydovchisi yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtmoqchi boʻlgan ikki bolani bosib ketgan.
Xabar qilinishicha, jabrlanganlar shifoxonaga murojaat qilgan va birinchi yordam koʻrsatilgandan soʻng u yerdan chiqib ketishgan. Tuman IIB xodimlari tergov ishlarini boshladi.