8 Yanvar 2025, 08:52 •Oʻzbekiston
Andijonda kuyov to‘y korteji sabab 27 mln so‘m jarima to‘ladi
Baliqchi tumanidada xizmat vazifasini o‘tayotgan xodim to‘y korteji ishtirokchilari tomonidan kaltaklangan.

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida yashovchi 22 yoshli fuqaroning to‘yi munosabati bilan to‘y korteji tuman markazida guruh bo‘lib harakatlangan.
Ma’lum qilinishicha, mashinadan tanasini chiqarib, videotasvirga olib ketayotgan operator mashinasi viloyat IIB YHXB xodimi tomonidan to‘xtatilib, qonuniy chora ko‘rilishi bildirilgan.
Biroq kuyov va uning do‘stlari bu holatga qarshilik ko‘rsatib, xizmat vazifasini o‘tayotgan xodim bilan janjallashib, unga tan jarohati yetkazgan.
Holat jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tuman sudida ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlarga nisbatan 27 mln 200 ming so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.
MIB Baliqchi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan kuyovdan 27 mln 200 ming so‘m miqdoridagi jarima pullari undirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijondagi “Jahon bozori”da yong‘in yuz berdi Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Andijondagi bog‘cha 226 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori oshgani rad etildi Qashqadaryoda YPX mashinasining oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qamaldi
Soʻnggi yangiliklar

Prezident Chorvoqdagi yangi turizm markazi loyihasi bilan tanishdi
14 Aprel 2025, 18:00
Gubkin universitetining Toshkentdagi filiali maʼruzalarda targʻibot olib borilgani haqidagi ayblovlarga izoh berdi
14 Aprel 2025, 17:28
Qirgʻiziston Moskvadagi hammomda migrantlar qoʻlga olingani uchun Rossiyaga nota yubordi
14 Aprel 2025, 16:15
Oʻzbekiston Afgʻoniston zaminida paxta va sabzavot yetishtirmoqchi
14 Aprel 2025, 15:54
Oʻzbekistonda Road24 ilovasi ishlamay qoldi
14 Aprel 2025, 15:26
Sudyalar oliy maktabi xodimi pora bilan qoʻlga tushdi
14 Aprel 2025, 15:08
Issiq, sovuq, yomgʻir: Oʻzbekistonga injiq ob-havo yaqinlashmoqda
14 Aprel 2025, 14:26
AQSH bir yilda millionga yaqin muhojirni deportatsiya qilmoqchi
14 Aprel 2025, 12:32