4 Oktabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Andijonda ikkita yuk mashinasi, Damas hamda Spark ishtirokida YTH sodir boʻldi

Shahrixon tumanida ikkita yuk mashinasi hamda ikkita yengil mashina ishtirokida yoʻl transport hodisasi yuz berdi.

Andijonda ikkita yuk mashinasi, Damas hamda Spark ishtirokida YTH sodir boʻldi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida ikkita yuk mashinasi, Damas hamda Spark ishtirokida YTH sodir boʻldi. Hodisa yuzasidan viloyat YHXB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 3-oktyabr kuni soat 17:00 larda, Shahrixon tumani Yangi vahim MFY hududidan oʻtuvchi Xalqaro ahamiyatga ega A-373 avtomobil yoʻlining 406 km.da yuz bergan.

Aniqlik kiritilishicha, haydovchi T.R. Damas rusumli avtomashinada harakatlanib kelayotib keskin toʻxtab qolgan, shu bois uning orqasidan kelayotgan Spark ham shu zahoti tormozlashga majbur boʻlgan. Bu vaqtda mazkur avtomobillar orqasidan, FAV rusumli yuk mashinasini tortib kelayotgan Howo ob-havo sharoitini inobatga olmagani va oraliq masofa saqlamagani tufayli toʻqnashuv sodir etgan.

Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq, transport vositalari texnik shikastlangan, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar