21 Noyabr 2024, 17:31 Oʻzbekiston

Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi

Marhamat tumanida giyohvandlik moddasini sotish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi ikki nafar shaxs ushlandi.

Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi

Andijon viloyatining Marhamat tumanida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida giyohvandlik moddasini sotish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi ikki nafar shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv departamenti, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Marhamat tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir natijasida Marhamat tumanida yashovchi ikki nafar shaxs 288 gramm gashish giyohvand moddasini 3500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bundan tashqari, tezkor-tadbir davomida ushlangan shaxslar o‘zlarining yashash uylarida og‘irligi 306 gramm gashish giyohvand moddasini saqlab kelayotganliklari ham fosh etilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida umumiy og‘irligi 594 gramm gashish giyohvand moddasi daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar