25 Noyabr 2024, 12:35 •Oʻzbekiston
Andijonda gaz quvuriga urilgan yuk mashinasi minglab xonadonni gazsiz qoldirdi
“Hududgazta’minot” avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklanishini bildirgan.
Andijon viloyatida yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida minglab xonadonlar gazsiz qoldi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, avariya bugun, 25 noyabr kuni Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida yuz bergan.
Tumanning “Yangiobod” MFY hududida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining urilishi oqibatida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.
Yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida 07:10 dan Ulug‘nor tumanidagi 3 200 ta xonadon va 9 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Ta’kidlanishicha, gaz ta’minoti avariya holati bartaraf etilishi bilan qayta tiklanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi Andijonning ikki tumanida 966 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi quriladi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonda hafta o‘rtasiga borib harorat sezilarli pasayadi
25 Noyabr 2024, 15:11Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi
25 Noyabr 2024, 14:29O‘zbekiston bosh vazirining yordamchisi o‘zgardi
25 Noyabr 2024, 13:47Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
25 Noyabr 2024, 13:10Andijonda gaz quvuriga urilgan yuk mashinasi minglab xonadonni gazsiz qoldirdi
25 Noyabr 2024, 12:35Toshkentda Spark katta tezlikda Epica’ga borib urildi
25 Noyabr 2024, 11:57Tadbirkorlar uchun ayrim maʼmuriy javobgarliklar bekor qilinadi
25 Noyabr 2024, 11:23Toshkentdagi uylarning birida yong‘in yuz berdi
25 Noyabr 2024, 10:48