4 Iyul 2024, 10:08 Oʻzbekiston

Andijon viloyati prokurori “Hududgaztaʼminot” AJ rahbari boʻldi

Kompaniya ochilganidan buyon unga Bahodir Eshmuratov raislik qilib kelayotgandi.

Andijon viloyati prokurori “Hududgaztaʼminot” AJ rahbari boʻldi

Maʼruf Maqsudovich Xoʻjayev “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Maʼruf Xoʻjayev bunga qadar 2023-yilning avgustidan buyon Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Faoliyati davomida u Transport prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.

Yangi lavozimda u 2019-yilning iyuli — kompaniya ochilishidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Bahodir Eshmuratovning oʻrnini egalladi. Uning qanday lavozimni egallagani hozircha nomaʼlum.

Shuningdek, Nabiyev Fitratullo Neymatulla oʻgʻli Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti direktori boʻldi. U bunga qadar vazirlikning Yigʻma axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Mashhur yangiliklar