Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara suv toshqini tufayli yuvilib ketgani aytildi
Afg‘oniston yangi strategiya bo‘yicha Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarini qayta tiklanishini ma’lum qildi.
Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara suv toshqini tufayli yuvilib ketgan va u qaytadan aniqlanadi. Bu haqda Afg‘oniston Energetika va suv resurslari vaziri vazifasini bajaruvchi Abdullatif Mansur ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suv toshqini tufayli noaniq bo‘lgan Afg‘oniston bilan Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi chegaralarni belgilash yangi strategiya bo‘yicha amalga oshiriladi.
Mansurning aytishicha, Afg‘oniston rahbari ko‘rsatmalari asosida tuzilgan reja Ichki ishlar, Mudofaa vazirligi, Razvedka bosh boshqarmasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarimiz suv toshqinlari tufayli yuvilib ketdi. Muhimi shundaki, biz o‘tmish chegaralarini belgilash bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirmoqdamiz va yigirma kun avval bu masalani Afg‘oniston rahbari bilan muhokama qildik, dedi u.
Vazir chegaralarni tiklash bo‘yicha yangi strategiya qanday bo‘lishiga aniqlik kiritmadi.
Shu bilan birga, Mansur Afg‘onistonning suv boshqaruvi va energiya ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyojini ta’kidlab, bu borada yirik to‘g‘onlarni qurish, suv, shamol va quyosh resurslaridan foydalanish orqali o‘zini o‘zi ta’minlashga erishishni maqsad qilganini aytdi.
Shuningdek, Afg‘oniston rasmiysi suv resurslarini boshqarish qo‘shni davlatlarga zarar keltirmasligini ta’kidladi.
Bizning hech bir harakatimiz qo‘shnilarimizga zarar yetkazishga qaratilmagan va biz qo‘shnilarimizga zarar yetkazish uchun o‘zimizga tegishli ulushdan ko‘proq suv sarflaganimiz yo‘q va shunday qilish niyatimiz ham yo‘q, dedi Energetika va suv resurslari vazirligining katta maslahatchisi Faruq A’zam.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekiston hududida zilzila qayd etildi “Real Madrid” Ispaniyadagi toshqinida jabrlanganlar uchun 1 mln dollar xayriya qildi O‘zbekistonning Afg‘onistondagi yangi elchisi tayinlandi Afg‘oniston o‘zbekistonlik haydovchilardan undiriladigan yig‘imlar miqdorini kamaytirdi Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila Surxondaryoda sezildi