Abituriyentlarda oliy o‘quv yurtlariga kirish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi
Tashabbus prezident tomonidan ilgari surildi.

O‘zbekistonda yetarli ball to‘plamagan abituriyentlarning OTMga kirish imkoniyatini oshirish rejalashtirilmoqda, deyiladi prezidentning oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishida.
Davlat rahbari abituriyentlar imtihon topshirganidan keyin murojaat qilishi mumkin bo‘lgan oliygohlar sonini ko‘paytirishni taklif qildi. Xususan, agar o‘quvchi test sinovlarini topshirgan bo‘lsa, biroq o‘zi tanlagan 5 ta OTMning hech biriga to‘plagan ballari bo‘yicha kira olmasa, biroq ularning soni boshqa OTM uchun mos kelsa, abituriyent u yerga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.
Ushbu oliy ta’lim muassasasi rektori abituriyentni o‘z muassasasiga shartnoma asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
“Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berdik. Bu – oliy ta’limda katta sakrash, desak adolatdan bo‘ladi. Buni yanada kengaytiramiz”, — dedi davlat rahbari.
Bunday chora davlat va xususiy OTMlar o‘rtasida raqobatni rivojlantirishga yordam berishi rejalashtirilgan.
Avvalroq O‘zbekiston OTMlari dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy olgani haqida xabar berilgandi. Ta’lim muassasalari “Bitiruvchilarning yutuqlari” ko‘rsatkichi bo‘yicha ham baholandi.
Izohlar